9 Aug 2026, 14:21 UTC10 views2 reactionsread 5 September 2026 #just
Yaqinda hisoblab ko'rdim. 1 soatda lotin alifbosida o'rtacha 40 bet o'qiy olarkanman. Krill alifbosida esa 33 bet.
"Timer" ga 1 soatga qo'yib kitob o'qishning afzalliklari ko'p. Ulardan bittasi - agar siz rostdan ham intizomli odam bo'lsangiz yoki diqqatingiz tez bo'linuvchan bo'lmasa , kamdan-kam hollarda chalg'ish bo'ladi.
@Rayhona_reads
❤2
14 Jul 2026, 11:03 UTC20 viewsread 5 September 2026 Forwarded from @salimov_blogi
Bunday havoda Alber Kamyuning "Begona" asarini oʻqigan odamning yonida soya joyni band qilish tavsiya qilinmaydi.
13 Jul 2026, 17:21 UTC24 views1 reactionsread 5 September 2026 #the_book
Anchadan beri kanalga yozmay qo'yibman, mutolaani butunlay tashlab qo'yganim uchun emas, albatta. Shunchaki fikrlarim tiniq emasdi, kanalga yozganim bilan 100ta so'zdan bitta ma'no chiqara olishimga ishonchim komil emasdi (hozir ham shunday).
Shunday bo'lsa-da, so'nggi kunlarda o'qigan kitoblarim yuzasidan to'liq #review bo'lmasa ham, bir nimalar yozmoqchiman.
1. "Begona. Vabo" A. Kamyu
Kamyu ijodidan o…
🔥1
7 Jun 2026, 16:49 UTC27 viewsread 5 September 2026 Jeyn Ostin qalamiga mansub “Andisha va gʻurur” kitobi mutolaasi yakunlandi. Uzundan-uzun taqriz yozishga hojat topmadim. Biroq, ta’kidlash kerak boʻlgan qisqagina qaydlar bor:
~Har qanday yuksak gʻurur ham muhabbat qarshisida parchalanib ketishga mahkum.
~Baxtli yakunlar faqat romanlardagina boʻladi, deymiz. Ammo bizga romanning yakunigina koʻrsatiladi, qahramonlar hayotining davomi emas.
~Ilgari sevgining kuchi s…
2 May 2026, 17:41 UTC36 viewsread 5 September 2026 #review
#the_book
"Qizil ajdarho"
Tomas Harris
15.04.2026 [20:45]
Seriyali qotilliklar bo'yicha o'qigan eng birinchi kitobim Agata Kristining "O'nta negr bolasi" asari bo'lgan. O'sha payti syujet shunchaki qiziq tuyilgan, "seriyali qotillik" degan so'z hatto tushimgayam kirmagan paytlar edi.
Hozirga kelib esa shu turdagi o'qigan bir nechta kitobimdan xulosa qilib, "seriyali qotil" bu sababsiz vaxshiy qotilliklarn…
2 May 2026, 16:35 UTC22 viewsread 5 September 2026 #2026
#mart
#aprel
1. "Yashamoq" Yuy Xua
2. "Qizil ajdarho" Tomas Xarris
3. "Qo'zichoqlar sukunati" Tomas Xarris
Martda deyarli kitob o'qimabman. O'qiganim ham ingliz kitob edi, eski ingliz tilida yozilgani uchun qiyinlik qilib oxirigacha tugata olmadim. Yuqoridagilar "Aprel" sarhisobi desak ham bo'ladi. Oy kashfiyoti "Qizil ajdarho" bo'ldi.
Review kuting)
@Rayhona_reads
1 May 2026, 16:26 UTC19 viewsread 5 September 2026 Yana bir kun kutarkansizlar, bizda svet yo'q🌚
1 May 2026, 05:01 UTC18 viewsread 5 September 2026 Bugun mart-aprel sarhisobi va 2ta #review bo'ladi🌚
8 Apr 2026, 09:19 UTC27 viewsread 5 September 2026 #review
#the_book
"Yashamoq"
Yuy Xua
08.04.2026 [12:00]
Yaqinda sezib qoldim: Uztwitterda eng ko'p muhokama qilinadigan mavzu "oila" mavzusi ekan, nafaqat Uztwitterda, balki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham eng muhobasali mavzulardan biri bu "oila". Kinoni tushunadigan-tushunmaydigan, kattayu kichik tomonidan har zamonda tanqid qilinadigan "o'zbek seriallari" mavzusi haqida ham yaxshilab bosh qotirilsa, doim muroja…
3 Mar 2026, 07:52 UTC25 views1 reactionsread 5 September 2026 #2026
#yanvar
#fevral
1. "Chol va dengiz" Ernest Heminuay
2. "Garri Potter va Qaqnus ordeni" 5-qism J.Ketlin Rouling
3. "Oydin tunlar" F. Dostoyevskiy
4. "Orziqib kutaman ertani" T. Begshou, S. Sheldon
Buyog'iga o'qigan har bir oyda o'qigan kitoblarimni sarhisob qilib boraman.
@Rayhona_reads
❤1
19 Feb 2026, 15:37 UTC47 views1 reactionsread 5 September 2026 #review
#the_book
"Xudoyim!
Bir lahzalik baxt!
Axir butun umr ichida bu oz narsami?"
"Oydin tunlar"
Fyodor Dostoyevskiy
19.02.2026 [15:30]
Asar qissa shaklida bo'lib, bir nafasda o'qib tugatish mumkin. Shuni aytishim kerakki, Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo", "Xo'rlanganlar va haqoratlanganlar" va "Telba" asarlarini o'qib tugatganim bois bo'lsa kerak, ko'pchilik kitobxonlarga tuyilgani singari, asar ham menga D…
❤1
11 Feb 2026, 17:33 UTC86 views2 reactionsread 5 September 2026 #the_book
Osmon shunchalar yulduzli, shunchalar musaffoki, uni ko'rgan odam o'z-o'zidan savol beradi: "Qanday qilib shunday osmon ostida tajang va injiq odamlar yashab yurishi mumkin?"
"Oydin tunlar"
Fyodor Dostoyevskiy
@Rayhona_reads
❤1🔥1
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Rayhona_reads. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.