8 Aug 2026, 14:01 UTC316 views21 reactionsread 9 August 2026 Bu tasnif, albatta, nisbiy. Tasavvufga oid yana bir necha o‘nlab kitoblar borki, ularni ham, albatta, o'qib-o'rganish kerak. Lekin biz tuzgan ro'yxatdagi kitoblar uslub jihatdan sodda va tushunarli, ularni kitob o'qib yurgan har qanday kishi qiyinchiliksiz o'qib-o'zlashtira oladi. Qolaversa, ayni vaqtda deyarli hamma kitobni do'konlardan topish mumkin (elektron nusxalarini ham).
Kitoblar ro'yxatini tasavvuf ilmidan …
❤14🔥4👍3
8 Aug 2026, 14:00 UTC287 views4 reactionsread 9 August 2026 📕 Tasavvuf nazariyasiga oid asarlar:
1. Usmon Turar. Tasavvuf tarixi.
2. Najmiddin Komilov. Tasavvuf.
3. Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy. Tasavvuf va nafs tarbiyasi.
4. Muhammmad Zohid Qutqu. Nafs nimadir.
5. Usmon Nuri To‘pbosh. Tasavvuf: iymondan ehsonga.
6. Mahmud As’ad Jo‘shon. Siddiqlar yo‘li (Tasavvuf va nafs tarbiyasi).
7. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur.
📕 So‘fiylar (zohidlar) …
❤2🔥2
8 Aug 2026, 14:00 UTC299 views7 reactionsread 9 August 2026 Photo
Ko‘pchilik tasavvufga oid qanday asarlarni o‘qisak bo‘ladi, deb so‘rashadi. Bugun shu savollarga javob bermoqchiman. Tasavvufiy kitoblarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin:
1. Tasavvuf ta’limoti nazariyasiga oid manbalar.
2. So‘fiylar (zohidlar) hayoti va faoliyati aks etgan asarlar.
Birinchi turdagi asarlarda, asosan, tasavvufning paydo bo‘lishidan tortib, tariqatlar, maqom va hollar, turli tasavvufiy atamala…
❤4🔥3
8 Aug 2026, 05:00 UTC261 views21 reactionsread 9 August 2026 Photo
#lahzalar
Bir zohiddan so‘rashdi:
— Yuzingiz doim kulib, xursand yurishingizning siri nimada?
U zot javob berdi:
— Bor ishim Allohning qo‘lida bo‘lgani holda mahzun yurishdan hayo qilaman!
@Tasavvuf_Nafs_tarbiyasi
❤14🔥4👍2😢1
7 Aug 2026, 14:00 UTC298 views9 reactionsread 9 August 2026 Photo
Ulug‘ zohid Shaqiq ibn Ibrohim shunday degan ekan:
“Amalning qo‘rg‘oni uch narsadadir:
1. Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilmoq — u bilan manmanlik sinishi uchun;
2. Amalni Allohning roziligi bilan boshlamoq — u bilan havoyi nafsi sinishi uchun;
3. Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish — unda tama, riyo bo‘lmasligi uchun.
Shular bilan amallar xolis bo‘ladi”.
@tasavvuf_nafs_tarbiyasi
❤7💯2
7 Aug 2026, 04:31 UTC356 views11 reactions2 Starsread 9 August 2026 Photo
#lahzalar
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Kimki menga salavot aytishni unutsa, jannat yo‘lidan adashibdi”, dedilar.
Ibn Moja rivoyati.
_________
Izoh: Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qiladi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim menga tong otganda o‘n marta, kech kirganida o‘n marta salavot aytsa, qiyomat kuni shafoatimga erishadi”, dedilar. Imom Tabaroniy rivoyati, sanadi hasan.
Allohumma solli …
❤5😢3💯2👍1
6 Aug 2026, 13:00 UTC446 views15 reactions1 Starread 9 August 2026 Photo
ENG MAHBUB AMAL
Hofiz Bayhaqiyning “Shu’abul iymon” kitobida keladi: “Abu Abdulloh Hofiz (Hokim) isnodi Ja’far ibn Muhammad (Sodiq) roziyallohu anhumodan bizga xabar berdi, u dedi: “Payshanba kuni asr vaqti kelsa, Alloh taolo samodan maloikalarni yuboradi. Ular bilan ichi bo‘sh la’l solingan qamish barglari, qo‘llarida esa tilla qalamlar bo‘ladi. Ular u bilan o‘sha kunduzi va ertasi kechgacha, ya’ni to quyosh botgun…
❤9🔥4👍2
6 Aug 2026, 05:02 UTC350 views21 reactionsread 9 August 2026 Photo
#lahzalar
Maymun ibn Mehron rahimahulloh shunday deganlar: “Zikr ikki xildir: Allohni til bilan zikr qilish yaxshi. Undan ham afzali, banda Allohni ma’siyat qilayotgan vaqtda yodga keltirishi va undan tiyilishidir”.
Ibn Abu Dunyo,
“Vara’” asaridan
@tasavvuf_nafs_tarbiyasi
❤14👍5😢2
5 Aug 2026, 14:00 UTC381 views25 reactions1 Starread 9 August 2026 Photo
#lahzalar
Ulug‘lardan biri aytgan ekan: “Banda “Hasbiyallohu va ni’mal vakil” (Alloh kifoya qilur, U eng yaxshi vakildir) deb aytish bilan qanoatlansa, Alloh taolo ham unga javob qaytarib: “Izzatim va jalolimga qasamki, bir oz o‘tib bo‘lsa-da, albatta, senga yordam beraman!”, deydi”.
@Tasavvuf_nafs_tarbiyasi
❤16😢7👍2
5 Aug 2026, 05:02 UTC444 views25 reactionsread 9 August 2026 Photo
YUZIMGA TARSAKI TORTGAN MISRALAR
Aziz jismingki ne’matxora bo‘lg‘ay,
Qaro yer ostida bechora bo‘lg‘ay.
Yuz alvon birla so‘z ayg‘on suchuk til,
Demas farmondin ortiq birgina qil.
Lahad qurti agar kelsa yegoli,
Qani, ul damda darmon “kish” degoli?!
So‘fi Allohyor
___________
Baytlar sharhi:
Bugun yer ustidagi turli noz-ne’matlarni yeb yurgan aziz jisming ertaga yer osti jonzotlari uchun ye…
😢11🔥7💯4❤3
4 Aug 2026, 14:00 UTC487 views37 reactionsread 9 August 2026 Photo
ULUG‘LAR SHUNDAY DESA, BIZ NIMA QILAMIZ?!
Bir kishi Hasan Basriydan: “Siz mo‘minmisiz?” deb so‘radi. U zot: “Iymon ikki xil iymondir. Agar sen mendan Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, jannatga, do‘zaxga, qayta tirilish va hisobga bo‘lgan iymonni so‘rayotgan bo‘lsang, ha, albatta men mo‘minman.
Bordi-yu, sen mendan Allohning ushbu oyati: “Albatta, Alloh zikr qilinsa, qalblari titraguvchi,…
❤19🔥8👍6😢4
4 Aug 2026, 05:02 UTC466 views26 reactionsread 9 August 2026 Photo
#lahzalar
Yahyo ibn Muoz roziyallohu anhu shunday degan ekanlar:
“Uch sifat avliyolarning sifatlaridan:
1. Barcha narsada Allohga qattiq ishonish;
2. U bilan barcha narsadan behojat bo‘lish;
3. Barcha holatda Unga qaytish”.
@Tasavvuf_Nafs_tarbiyasi
❤15👍6🔥5
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @Tasavvuf_Nafs_tarbiyasi. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.