10 Aug 2026, 02:37 UTC26 views2 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Bir narsani ko‘p kuzataman.
Inson omadsizligining sababini ko‘pincha tashqaridan qidiradi.
Sharoit yaxshi emas.
Pul yo‘q.
Tanish-bilish yo‘q.
Oddiy oiladan chiqqanmiz.
Bizga imkon berishmagan.
Taqdir shunaqa ekan...
Albatta, hayot hammaga bir xil sharoit bermaydi.
Kimdir yo‘lni o‘n qadam oldindan boshlaydi.
Kimdir esa o‘n qadam orqadan.
Lekin masala qayerdan boshlaganingd…
👍1🔥1
9 Aug 2026, 11:34 UTC28 views1 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Bu hayotda inson ko‘p narsasini yo‘qotishi mumkin.
Boyligini.
Ishini.
Do‘stlarini.
Yaqinlarini.
Obro‘sini.
Ba’zan yillar davomida qurgan hamma narsasini.
Og‘ir.
Juda og‘ir.
Lekin menimcha, bulardan ham og‘irroq bir yo‘qotish bor.
Insonning o‘zini yo‘qotishi.
Kimligini unutishi.
Qadriyatlaridan voz kechishi.
Birovlarning fikri bilan yashay boshlashi.
Kecha noto‘g‘ri deg…
🔥1
8 Aug 2026, 18:48 UTC31 views2 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Erkak kishi uchun hayotda Ustoz topishi uning muvaffaqiyatidagi eng muhim 4 ustundan biridir.
Yillar davomida bir narsani tushundim.
Kitobdan ilm olish mumkin.
Tajribadan saboq olish mumkin.
Xatolardan ham ko‘p narsa o‘rganish mumkin.
Lekin insonning o‘zi ko‘rmaydigan joylari bo‘ladi.
O‘ziga to‘g‘ri ko‘ringan xatosi.
Haq deb bilgan nafsi.
Sezmayotgan kibri.
Shoshilib berayo…
👍1🔥1
7 Aug 2026, 17:21 UTC47 views1 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Ba’zan ishda qiziq holatlarga guvoh bo‘laman.
Xodimga hali ma’lum bir lavozimga tayyor emasligi yoki o‘z ustida ishlashi kerakligi aytiladi.
Ba’zan lavozimi o‘zgartiriladi.
Ba’zan esa hamkorlikni to‘xtatish haqida qaror beriladi.
Shu yerda insonning asl yuzi ko‘rinadi.
Kimdir vaziyatni qabul qiladi.
Xulosasini chiqaradi.
O‘z ustida ishlaydi.
Va vaqt o‘tib undan ham kuchliroq…
🔥1
7 Aug 2026, 02:02 UTC38 views1 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Bu dunyo sabab va oqibat ustiga qurilgan.
Hech narsa o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi.
Urug‘ ekilmasa, hosil bo‘lmaydi.
Mehnat qilinmasa, natija bo‘lmaydi.
Ishonch qurilmasa, munosabat mustahkam bo‘lmaydi.
Qiziq.
Biz ko‘pincha oqibatni ko‘ramiz.
Lekin sababni izlashga shoshilmaymiz.
Muvaffaqiyatni ko‘ramiz.
Mehnatini ko‘rmaymiz.
Boylikni ko‘ramiz.
To‘lovini ko‘rmaymiz.
Xatoni k…
🔥1
6 Aug 2026, 00:42 UTC52 views2 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Qiziq.
Bir narsani ko‘p kuzataman.
Biz bilgan narsamizni aytishga shoshilamiz.
Ko‘rganimizni aytishga.
Eshitganimizni aytishga.
Rejalarimizni aytishga.
Birovning xatosini aytishga.
Birovning sirini aytishga.
Go‘yo aytmasak ichimiz yorilib ketadigandek.
Holbuki...
Buning aksi bo‘lishi kerak emasmi?
Bir niyatni amalga oshirishni maqsad qildingmi...
Ichingga ko‘m. Yopib tashl…
🔥2
4 Aug 2026, 20:42 UTC53 views1 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Yo‘lni yaxshi ko‘raman.
Manziliga yetkazgani uchun emas.
O‘zimga qaytargani uchun.
Yo‘lda ba'zi hayollarim o‘nglanadi.
Ba'zi unutganlarim yodimga tushadi.
Ba'zi savollarim javobini topadi.
Ba'zi shoshqaloq qarorlarim sekinlashadi.
Qiziq.
Nega aynan yo‘lda shunday bo‘ladi?
Chunki yo‘l insonni shovqindan uzoqlashtiradi.
Shovqin kamayganda esa...
Qalb gapira boshlaydi.
Do‘s…
❤1
4 Aug 2026, 00:39 UTC54 views1 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Bir oyat ustida uzoq o‘ylab qoldim.
«"...Bir qavm to o‘zini o‘zgartirmaguncha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas."»
(Ra'd surasi, 11-oyat)
Qiziq.
Biz ko‘pincha hayotimiz o‘zgarishini kutamiz.
Daromadimiz.
Ishimiz.
Atrofimizdagi odamlar.
Sharoitimiz.
Lekin oyat e'tiborni tashqariga emas...
Ichkariga qaratadi.
Avval o‘zingni o‘zgartir.
Fikrlashingni.
Odobingni.
Niyating…
🔥1
2 Aug 2026, 20:38 UTC58 views3 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Erkak kishi uchun ota-onasi uning muvaffaqiyatidagi eng muhim 4 ustunlardan biridir.
Ko‘pchilik muvaffaqiyatning sirini puldan qidiradi.
Bilimdan qidiradi.
Tanish-bilishdan qidiradi.
Lekin ba'zan eng katta quvvat manbai yonimizda bo‘ladi.
Ota. Ona.
Qiziq.
Otaning roziligi tanani quvvatlantiradi.
Go‘yo tanasiga yana bir kuch qo‘shilgandek bo‘ladi.
Onaning roziligi esa qalbni…
👍2❤1
2 Aug 2026, 04:31 UTC62 views2 reactionsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Eshak hech qachon ot poygasida qatnashmaydi.
U faqat mag‘lub bo‘lgan otning ustidan kuladi.
Qiziq.
Hayotda ham shunday emasmi?
Maydonga tushmagan odamning tanqidi ko‘p bo‘ladi.
Hech qachon biznes qilmagan inson tadbirkorga o‘rgatadi.
Hech qachon jamoa boshqarmagan inson rahbarni tanqid qiladi.
Hech qachon sahnaga chiqmagan inson notiqning xatosini sanaydi.
Chunki chetdan tur…
❤1👍1
31 Jul 2026, 18:47 UTC61 viewsread 10 August 2026 Do‘stim, senga bir gap aytaman...
Tasavvur qil.
Bir kun uyg‘onding.
Yoningda hech kim yo‘q.
Yaqinlaring...
Do‘stlaring...
Ishing...
Uying...
Daromading...
Hammasi ortda qolgan.
Qo‘lingda esa hech narsa yo‘q.
To‘liq "0".
Shunda o‘zingga bitta savol ber.
Shunday holatda ham yashashni davom eta olasanmi?
O‘zingda shunga kuch topa olasanmi?
Qiziq.
Agar javobing "yo‘q" bo‘lsa...
Demak, seni yashatib turga…
31 Jul 2026, 18:44 UTC50 viewsread 10 August 2026 Yiqildim deganimda...
Yaxshiyamki sabr qilibman...
Meni top... Meni ista... Agar topsang...
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @dostimga_blog. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.