12 Aug 2026, 03:28 UTC18 views4 reactionsread 12 August 2026 Qizlar, o'sha kungi bahs juda qattiq bo'ldi.
Bizning uyimizda hech kim baqirmasdi. Bizda unaqa emas edi. Lekin gap bir joyga borib tiraldi.
Men o'sha yerda qat'iy qaror qilganman: men tibbiyotga o'qimayman.
Va o'shanda dadam menga qarab shunday dedi:
«Hali afsus qilasan. Bir kun kelib, nega shuni qilmadim deb afsus qilasan.»
❤2👍1🔥1
12 Aug 2026, 03:27 UTC21 views3 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
O'sha suhbat boshlandi.
Dadam hayron edi.
— Nima qilasan sen u yerda o'qib?
— Dizayner bo'laman.
— Undan ko'ra vrach bo'lib ishlaganing yaxshi emasmi? Oliy ma'lumotli bo'lasan. Odamlarga yordam berasan.
Men aytdim:
— Mening kasbim ham odamlarga yordam beradi.
Dadam boshini chayqadi.
— Bu — xobbi. Bu kasb emas. Sen baribir oliy ma'lumotli bo'lishing kerak. Vrach bo'lib ishlaganing foydal…
❤1👍1🔥1
12 Aug 2026, 02:43 UTC81 views7 reactionsread 12 August 2026 Video
❤️Assalomu alaykum!
🎁 Ertalabki musaffo havodan toʻyib nafas oling — bugun aynan siz kutgan, barcha rejalaringiz aʼlo darajada amalga oshadigan kun boʻladi.
✨Har bir bosqichingizda yengillik va omad hamrohingiz boʻlsin.
👍Tongingiz xayrli oʻtsin!
Telegram || Instagram ||YouTube || Tiktok || Natijalar || Yopiq kanal
❤5👍1🔥1
11 Aug 2026, 15:46 UTC235 views11 reactionsread 12 August 2026 Photo
#Mening_Hikoyam
Davomi...
Men tibbiyot bilim yurtini tugatdim.
Diplom qo'limda. Yoshim hali kichkina. Oldimda ochilib turgan yo'l bor: tibbiyot instituti.
Yoz edi. Ta'til. Va men tayyorgarlik ko'rishim kerak edi.
Dadam shunday dedi: "Endi jiddiy tayyorlan. Kirishing kerak."
Men umuman tayyorlanmadim.
Bir kun ham kitob ochmadim.
Chunki mening boshimda butunlay boshqa narsa bor edi.
Men aynan o'sha yillarda bir …
❤7👍2🔥2
11 Aug 2026, 15:02 UTC226 views6 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
Endi eng muhim joyi.
Men bepulga tikmasdim. Qanchadir pul berishardi, olardim.
Lekin bir narsa bor edi.
Men narx aytishni bilmasdim.
Umuman bilmasdim.
Qiz kelib so'raydi: "Qancha bo'ladi?" Men jim qolaman. Nima deyishimni bilmayman.
Nima bersa — o'shani olardim.
Qalpoqni sotardim, hisobini yuritardim, nasiyasini yig'ib olardim. Bunga ustalik qilardim.
Lekin haqiqiy ish uchun o'z mehnat…
👍3❤2🔥1
11 Aug 2026, 13:10 UTC223 views6 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
Men birinchi marta nima tikkanman?
Qora koftochka.
Dugonam Maftunaning tug'ilgan kuni edi. U mendan so'radi.
Oldiga yoqa qo'ydim. Ilgaklarini havo ilgak qilib, uchtadan-uchtadan joylashtirdim.
Va endi kulishiz aniq.
Menda overlok yo'q edi.
Chetlarini ishlashning iloji yo'q. Nima qildim?
Rostini aytsam, hozir ham aniq eslay olmayman. Zigzag bilan qilganmanmi... yoki o'sha mashinada zigza…
❤4👍1🔥1
11 Aug 2026, 12:31 UTC217 views8 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
Avvaliga bir narsani aytay.
Qalpoq biznesini yopdim. Lekin qo'lim bo'sh qolmadi — chunki men allaqachon boshqa yerda o'qib yurgandim.
Lola opadan o'rgandim, lekin bir joyga borib to'xtadim.
U ajoyib tikardi, buni kecha aytdim. Ammo uning fasoni bitta edi. Men esa evropacha bichimlarni xohlardim. Beldan bo'lingan, aylanadigan, tikilishi boshqacha bo'lgan kiyimlarni.
Har safar so'rasam: …
❤5🔥2🥰1
11 Aug 2026, 11:42 UTC202 views5 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
Men bir soniya to'xtadim. Va shunday dedim:
— Mayli. Qalpoq sotmasam — kattaroq narsa sotaman.
O'sha kuni men qalpoq biznesimni yopdim. Rostdan yopdim, hammasini to'xtatdim.
Va palto tikishga o'tdim.
Faqat bitta muammo bor edi.
Men qalpoqdan boshqa hech narsa tikishni bilmasdim. Overlok mashinam yo'q edi. Andoza chizishni o'rganmagandim.
Narx aytishni ham bilmasdim — buni menga hech kim…
👍3❤1🔥1
11 Aug 2026, 10:50 UTC219 views9 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
Endi o'sha suhbat.
Bir yildan oshgan edi.
Dadam o'sha yerda dars beradi, parallel kasalxonada ishlaydi. Atrofida hamkasblari — domlalar, o'qituvchilar. Va shuncha vaqt hech kim aytmagan.
Keyin bir kuni kimdir gapirib qolibdi.
O'sha kuni uyga kelsam, dadam meni chaqirdi. Yuzidan hech narsani o'qib bo'lmasdi.
— Kel bu yoqqa. Sen nima qilyapsan?
— Hech narsa, dada.
— To'g'risini ayt. Nima …
❤7🔥1🥰1
11 Aug 2026, 09:44 UTC245 views6 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
Bu yerda bir narsani alohida aytib o'tay.
Menda stipendiya bor edi. Kerak bo'lsa onamdan, dadamdan so'rasam berishardi. Bizning uyda tanqislik yo'q edi.
Menga hech kim "borib pul top" demagan.
Hech kim majburlamagan. Hech kim yo'l ko'rsatmagan.
Men buni o'zim xohladim. Ichimdan chiqdi.
Bugungi til bilan aytganda — men o'n besh yoshimda biznes boshlagan ekanman. Bilmasdan. O'rganmasdan. …
❤3👍2🔥1
11 Aug 2026, 06:34 UTC298 views9 reactionsread 12 August 2026 #Mening_Hikoyam
Davomi...
Endi eng qizig'ini aytay. Bu joyida kulishingiz aniq.
Men nasiyaga ham berardim.
Qizlarning puli yo'q. Uyaladi. Aytadi: "Opajon, stipendiya olganda beraman."
Men: "Mayli." Va daftarimga yozib qo'yaman.
Menda alohida daftar bor edi. Ism, sana, nechta olgani — hammasi yozilgan. Bir dona ham yo'qolmasdi.
Pastda buxgalteriya bo'lardi. Stipendiya o'sha yerda beriladi.
Va stipendiya beriladig…
❤4👍3🔥2
11 Aug 2026, 04:50 UTC300 views9 reactionsread 12 August 2026 Photo
#Mening_Hikoyam
Davomi...
Stipendiya berishdi.
Andijonda eski shahar yaqin edi, bozor ham yonginamizda. Darsdan chiqib to'ppa-to'g'ri bozorga bordim.
Oq mato oldim. Chetiga qo'yish uchun krujiva oldim.
Uyga keldim. Darsimni qildim. Keyin mashinaning oldiga o'tirdim.
O'sha kuni kechqurun men o'ntacha qalpoq tikib qo'ydim. Hammasini selofanga solib, sumkamga solib qo'ydim.
Va o'sha kechasi uxlay olmadim.
Ertasi ku…
❤6🔥2🥰1
Showing the 12 most recent of 40 posts we hold for @maryamsdesigner. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.