20 Aug 2026, 10:15 UTC323 views7 reactionsread 25 August 2026 Photo
Bugun o‘zingizdan bir narsani so‘rab ko‘ring:
«Agar men xato qilish huquqiga ega bo‘lsam, hayotimda nimani boshqacha qilgan bo‘lardim?»
Chunki sizning qadringiz qanchalik mukammal ekaningiz bilan emas, inson sifatidagi o‘zingiz bilan belgilanadi. 🤍
Mukammallik ortidan quvib, o‘zingizga nisbatan shafqatsiz bo‘lib qolmang.
Ba’zan «yetarlicha yaxshi» — haqiqatan ham yetarli. 🦋
❤7
20 Aug 2026, 10:15 UTC268 views5 reactionsread 25 August 2026 Video
Perfeksionizm shunchaki «men sifatni yaxshi ko‘raman» degani emas.
Ba’zan uning ortida:
— xato qilishdan qo‘rqish;
— tanqid qilinishdan qo‘rqish;
— boshqalarning fikriga haddan tashqari bog‘lanish;
— «men yetarlicha yaxshi emasman» degan ichki ishonch yotadi.
Shuning uchun perfeksionist odam o‘zidan juda ko‘p narsani talab qiladi.
Yaxshi natija — yetarli emas.
A’lo natija — ham yetarli emas.
Mukammal bo‘lishi kera…
👍5
20 Aug 2026, 10:15 UTC268 viewsread 25 August 2026 Photo
Siz ham hamma narsani mukammal qilishga harakat qilasizmi?
Ishingizda xato bo‘lsa, uzoq vaqt o‘ylab yurasizmi?
Biror narsani boshlashdan oldin:
«Buni juda yaxshi qilishim kerak» deb o‘zingizga bosim berasizmi?
Hatto yaxshi natijaga erishganingizdan keyin ham:
«Bundan ham yaxshiroq qilishim mumkin edi» deb o‘ylaysizmi?
Agar javobingiz «ha» bo‘lsa, sizda perfeksionizmga moyillik bo‘lishi mumkin.
17 Aug 2026, 09:55 UTC434 views10 reactionsread 25 August 2026 Photo
Oilaga g‘amxo‘rlik qilasiz — lekin o‘zingizni unutmasdan.
Farzandingiz uchun yashaysiz — lekin o‘zingizning xohishlaringizni ham yo‘qotmasdan.
Ishlaysiz — lekin hayotingiz faqat ishdan iborat bo‘lmasdan.
Masalan, oilangizga mazali ovqat tayyorlash sizga yoqsa, bu ham o‘zingiz uchun bo‘lishi mumkin.
Ammo har kuni ichingizdan “yana menmi?” deb, majburlik bilan qilayotgan bo‘lsangiz, bu boshqa masala.
Gap ishni qilis…
👏5❤3👍2
17 Aug 2026, 07:55 UTC393 views12 reactionsread 25 August 2026 Photo
Lekin o‘ylab ko‘rsak, o‘zi “o‘zim uchun yashash” nima?
Faqat dam olishmi?
Ko‘proq uxlashmi?
Sayohat qilishmi?
Hech kimning gapiga qaramasdan, faqat o‘zing xohlagan narsani qilishmi?
Menimcha, bu faqat shular emas.
Ba’zan “o‘zim uchun yashash” degani — hayotingizdagi hamma narsani tashlab ketish emas. Aksincha, o‘zingizni ham shu hayotning ichiga qo‘shish.
🔥12
17 Aug 2026, 05:55 UTC371 views4 reactionsread 25 August 2026 Photo
“O‘zim uchun yashash” deganda nimani tushunamiz?
Bu gapni ko‘p eshitamiz:
“Endi o‘zim uchun yashagim keladi.”
“Hammaga g‘amxo‘rlik qilishdan charchadim.”
“Bir marta bo‘lsa ham o‘zimni o‘ylagim keladi.”
Fikringizni yozing 👇
❤4
17 Aug 2026, 04:01 UTC362 views9 reactionsread 25 August 2026 Video
Bolaning o‘zini past baholashining sabablari
Bola “men boshqalardan yomonman” degan fikr bilan tug‘ilmaydi. Ko‘pincha bu tasavvur atrofidagi munosabatlar ta’sirida shakllanadi.
Eng ko‘p uchraydigan sabablar:
🔹 Doimiy tanqid
“Sen hech narsani to‘g‘ri qilolmaysan”, “Qara, boshqalar qanday” kabi gaplar bola o‘ziga ishonchini pasaytiradi.
🔹 Boshqalar bilan solishtirish
“Akan sendan yaxshi”, “Falonchining bolasi 5 ola…
❤5👍3😁1
15 Aug 2026, 09:49 UTC404 views9 reactionsread 25 August 2026 Photo
Va yana bir muhim narsa: yaxshi inson ham xato qiladi, yomon inson esa doim yomon ko‘rinib yurmaydi. Shuning uchun odamni bir vaziyat bilan emas, takrorlanadigan xatti-harakatlari bilan baholagan ma’qul.
Eng yaxshi “test” esa — vaqt, chegaralar va manfaatlar to‘qnashuvi.
Odamning asl fe’li ko‘pincha aynan siz unga “yo‘q” deganingizda, u sizdan foyda ko‘rmay qolganda yoki sizning manfaatlaringiz uning manfaatiga to‘…
❤3👍3🔥3
15 Aug 2026, 09:49 UTC372 views8 reactionsread 25 August 2026 Video
Insonning yaxshi yoki yomonligini birgina gapiga yoki tashqi ko‘rinishiga qarab aniqlash qiyin. Odamni vaqt va turli vaziyatlardagi xatti-harakatlari ko‘proq ko‘rsatadi.
Ayniqsa mana shu narsalarga e’tibor bering:
Sizdan hech narsa kerak bo‘lmaganda qanday munosabatda bo‘ladi?
O‘zidan kuchsiz yoki foydasi tegmaydigan odamlarga qanday muomala qiladi?
Siz “yo‘q” deganingizda chegarangizni hurmat qiladimi?
Xato qil…
👍5👏3
15 Aug 2026, 06:31 UTC462 views20 reactionsread 25 August 2026 Video
Nega oilada hamma narsani ayol ko‘tarishi kerak?
Uy, farzandlar, ovqat, qarindoshlar, ish, ro‘zg‘or…
Ayol bularning hammasini bajarib, yana:
«Nega charchading?» degan savolni eshitishi mumkin.
Ayolning charchashi — uning kuchsizligi emas.
Doim kuchli bo‘lishga majbur bo‘lgan inson ham bir kuni:
«Men ham e’tibor, yordam va mehrga muhtojman», deyishi mumkin.
Oilada vazifalar faqat «erkakniki» va «ayolniki» deb bo‘…
👍11❤6👏3
11 Aug 2026, 08:55 UTC661 views14 reactionsread 25 August 2026 Photo
Ba’zida insonga maslahat ham kerak emas.
Unga faqat:
«Men seni tushundim.»
«Bu senga qanchalik og‘ir bo‘lganini tasavvur qilyapman.»
«Men seni eshityapman.»
degan so‘zlar kerak bo‘ladi. ❤️
Chunki insonni eshitish — uning gaplarini qulog‘imiz bilan qabul qilish emas.
Uni his qilishga harakat qilishdir.
Siz oxirgi marta kimnidir shunchaki javob berish uchun emas, chin dildan tushunish uchun qachon tinglagansiz?
❤11❤🔥3
11 Aug 2026, 05:55 UTC575 views8 reactionsread 25 August 2026 Photo
Ba’zan esa insonning o‘z og‘rig‘i uning qulog‘ini yopib qo‘yadi.
🔹 O‘zi tushunilmagan inson boshqasini tushunishga qiynaladi.
🔹 Ichida alam yig‘ilib qolgan inson oddiy gapni ham hujumdek qabul qilishi mumkin.
🔹 O‘zini himoya qilishga o‘rganib qolgan inson suhbatni tinglash emas, o‘zini oqlashga aylantiradi.
🔹 «Men haqman» degan ehtiyoj esa «Seni tushunaman» degan imkoniyatni yo‘qqa chiqaradi.
Shuning uchun ba’zi mu…
❤4🔥4
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @psixolog_nasirov. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.