6 Aug 2026, 17:33 UTC78 views4 reactions1 Starread 6 August 2026 Photo
Sendan maktub kutib sarg‘aydi ko‘zim,
Xat-xabar bermading, Malika Budur.
Birdan yuragimni qopladi huzun:
Nahot, ishqimizga yetdimi putur?!
Bunday gumon yomon, bu shubha og‘ir,
Sen ishqqa vafodor, men ham sertalab.
Dod solmay turay-chi, balki bor-yo‘g‘i
O‘lib qolgandirsan bugun ertalab.
© Nurmuhammad
P.S. Suratda fransuz rassomi Anne- Luis Jerodening ,,Attalaning dafn etilishiʼʼ (1808) nomli kartinasi
@sheriyART1
😢4
5 Aug 2026, 18:04 UTC184 views16 reactions1 Starread 6 August 2026 Photo
bugun xabar yozmading,
yaxshimisan?
bugun tabassum qildingmi…
qachon uyg'onding,
uyg'onib –
xabarimni ko'rdingmi,
kecha tunda yozgan
xabarimni.
menimcha,
ko'rgansan –
yarim tunda uyg'onib ketib
o'qigansan xabarimni.
tabassum qilgansan
uyqu aralash,
baxt aralash.
uyg'ondingmi,
qachon menga javob yozasan?
bugun xabar yoz menga…
maktubingni o'qigim kelmoqda –
baxt aralash,
orzu aralash…
© Ahmad Ali Dilmurod
P.S. Sur…
❤10💔3🌚1🥰1🙏1
5 Aug 2026, 17:32 UTC188 views15 reactionsread 6 August 2026 — Qanchalik introvertsan?
— Qoʼngʼiroq qilganimda koʼtarishmasa xursand bo‘laman)
@sheriyART1
❤9🌚5🥰1
4 Aug 2026, 17:11 UTC211 views6 reactions1 Starread 6 August 2026 Photo
KOSHKI
Aytolsaydim ko'zingga qarab,
Aytolsaydim –
boshqa odamman…
Va shunda ham devorlar qulab
ketmasaydi mangu olamdan.
Loyim qayta qorilsa, koshki,
Shudring guldan olmayin bo'sa
cho'lda buloq topgan it kabi
senga borsam
entikib, suvsab.
O'ldirmasang edi sazamni,
Qaytmasaydim shashtdan so'nggi bor,
Manzilidan adashgan o'qning
O'zidami axir ixtiyor?!
Qachonlardir ichgan ontimdan
Yetti qavat osmon yorishgan.
O'ynab o…
❤4🔥2
3 Aug 2026, 17:36 UTC245 views29 reactions1 Starread 6 August 2026 Photo
Bir bahona kerak xat yozmog’im chun,
Shunchaki holingni so’rashga kuch yo’q.
Tasavvurim chigal, xayolim tugun,
O’rtada talab yo’q, shart yo’qdir, burch yo’q.
Kel deb chorlayverar to’rttala taraf,
Ohimni sig’diray qaysi osmona?
Tug’ildim – sog’inchga topildi sabab,
Yoningga boraman o’lim bahona…
© MehrNoz
P.S. Suratda fransuz rassomi Ogyust Tulmushning ,,Javobʼʼ (1867) nomli kartinasi
@sheriyART1
❤16😢6💔5👍1🔥1
3 Aug 2026, 15:41 UTC234 views20 reactionsread 6 August 2026 Bugun meni yigʼlatgan sheʼrni kanalga joylayman.
❤7🔥5👍4🌚2💔2
3 Aug 2026, 07:54 UTC267 views11 reactions1 Starread 6 August 2026 Posted without readable text
❤6💔3🌚2
2 Aug 2026, 08:03 UTC304 views8 reactions1 Starread 6 August 2026 Forwarded from @ahmadali_writer
***
sahifamdan o'chirib tashlasang ham -
o'chirish tugmasi
yuragimda ishlamaydi.
2024
@ahmadali_writer
❤8
1 Aug 2026, 18:57 UTC325 views20 reactions1 Starread 6 August 2026 Forwarded from @yerning_yulduzi
Men seni sevaman, olis qishloqning,
Koʻchaga chiqmagan yuragi bilan!
❤14🔥6
1 Aug 2026, 17:08 UTC352 views14 reactionsread 6 August 2026 Photo
IQROR
– O'zing ayt, ey bandam,
qanday yashading?
Mayli, nomangga men
nazar solmayman.
– Xudojon, men uni
bir bor ko'rdim-u,
qolgan umrimni hech
eslay olmayman...
© Muhammadsiddiq Rahmatov
P.S. Suratda amerikalik rassom Sidni Dikinsonning ,,Meri va rassomlik ustaxonasiʼʼ (1924) nomli kartinasi
@sheriyART1
❤8🔥5🌚1
1 Aug 2026, 10:25 UTC268 views11 reactionsread 6 August 2026 Premiumli boylardan saxovat kutamiz.
💔7🌚2❤1🔥1
1 Aug 2026, 10:24 UTC288 views2 reactionsread 6 August 2026 https://t.me/boost/sheriyART1
❤2
Showing the 12 most recent of 20 posts we hold for @sheriyART1. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.