7 Jul 2026, 15:40 UTC100 views4 reactionsread 15 August 2026 Photo
Özbekça yozuvga yangi çiroy qöşilmoqda ekan 🇺🇿
Alifbomizda kichkina, lekin qiziq özgarişlar bor:
G‘ → Ğ
O‘ → Ö
Sh → Ş
Ch → Ç
Endi so‘zlar ham boshqacha kayfiyat beradi:
Özbekça
Ğurur
Şijoat
Çiroyli fikr
Köngil
Endi bu yangi harflarga ham asta-sekin moslaşişimiz kerak böladi.
Manba: gazeta.uz
@themuroqaba
🔥2⚡1👍1
1 Jul 2026, 21:55 UTC119 views6 reactionsread 15 August 2026 #ona_tili #asliyat
Til masalasi ko‘tarilgan bir paytda aytishni joiz deb bildim. Ba’zi bir deyarli hamma ishchilari o’zbek bo’lgan ishxonalar borki, ishlari o‘zbek tilida yuritish bilan cheklangan bo‘lsa-da yoki rus tiliga hech ehtiyoj tug‘ilmay, o‘zbek va ingliz tillarida yuritilsa-da, bir necha kishilar o‘zbek bolasi bo‘la turib, o‘zlari o‘rischa so‘zlashadi. Bilmadim, bu bilan nimaga erishadi-yu, qanday foyda ko…
🔥4❤2
1 Jul 2026, 19:36 UTC82 views2 reactionsread 15 August 2026 #baxt #forobiy #falsafa
Qachon baxtli bo'lamiz?
Forobiyga ko‘ra, odamlar baxtni turlicha tasavvur qiladilar. Kimdir boylikni, kimdir huzur-halovatni, boshqasi hokimiyatni, yana kimdir ilm va ma'rifatni baxt deb biladi. Har kim o‘zi baxt deb ishongan narsani eng qadrli va eng oliy maqsad deb hisoblaydi.
Biroq chinakam baxtning eng muhim belgisi shundaki, unga erishgan inson bundan ham oliyroq maqsadni izlashdan to‘…
❤2
29 Jun 2026, 11:52 UTC72 views4 reactionsread 15 August 2026 #tafakkur #forobiy
Forobiyning fikrlari insonni tafakkur qilishga chorlaydi:
Oqil kishi o'z hayotini tahlil qilib, o'zidan shuni so'rashi kerak: vositalar bilan ovora bo'lib, asl maqsad — baxtni — unutmadimmi? Chunki vositalar asl maqsad o'rnini egallasa va u unutilsa, bunday hayot muvaffaqiyatli hayot emas, balki yashash uchun arzimas hayot bo'lib qoladi.
@themuroqaba
❤3🔥1
29 Jun 2026, 11:46 UTC72 views3 reactionsread 15 August 2026 #falsafa #forobiy #baxt
Eng oliy yaxshilikni tanish
Ba'zi narsalar bor — ularni faqat boshqa bir maqsadga erishish uchun istaymiz. Ular vosita, xolos. Yana shunday narsalar ham borki, ularni o'zidan boshqa sabab uchun emas, aynan o'zi uchun qadrlaymiz. Ana shunday maqsadlar vosita sifatida qadrlanadigan barcha narsalardan ustundir.
Buni oddiy misol bilan tushunish mumkin. Bir kishi daryoning bu qirg'og'idan narigi…
❤3
28 Jun 2026, 13:47 UTC69 views2 reactionsread 15 August 2026 #Baxt #Forobiy #falsafa
1-yo'llanma
Maqsadlar va yaxshiliklar ichida eng yaxshisi nima?
Kamolot va maqsad aslida inson yaxshilik deb bilgan narsalar bo’lgani uchun, har bir inson ularga ishtiyoq bilan intiladi. Kimdir ilmni, kimdir boylikni, kimdir mansabni, yana kimdir obro’ yoki sog’liqni kamolot deb biladi va ularga erishish uchun bor kuchini sarflaydi.
Ammo hayot davomida erishishni istaydigan maqsadlarimiz s…
❤2
17 Jun 2026, 23:15 UTC39 views3 reactionsread 15 August 2026 #falsafa #aristotel #inson
Qadimgi yunon faylasuflaridan Aristotel, Platonning shogirdi sifatida, davlatning asosiy maqsadi insonlarni fazilatli hayot sari yetaklashdan iborat bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, xalq xavfsizligi, tinchligi va barqarorligi insonlarning yashashi hamda o‘z oldilariga maqsad qo‘yishlari uchun zarur vositadir. Biroq davlatning oliy maqsadi bundan ham yuksakroq bo‘lib, fuqar…
❤2👍1
17 Jun 2026, 00:13 UTC33 views3 reactionsread 15 August 2026 #Plato #Ezgu_hayot #ahloq
Platonning ushbu qarashi bugungi siyosiy tizimlar haqida muhim savolni o‘rtaga tashlaydi. Davlatning vazifasi faqat xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdan iboratmi yoki fuqarolarni axloqiy kamolot sari yo‘naltirish ham uning zimmasidami?
Zamonaviy liberal-demokratik davlatlar, odatda, insonlarning shaxsiy hayotiga va axloqiy tanlovlariga keng erkinlik berishni ma’qul ko‘radilar. Ularnin…
❤3
16 Jun 2026, 23:57 UTC37 views3 reactionsread 15 August 2026 #plato #falsafa
Ko‘pchilik jamiyatlar va siyosiy tizimlar davlatning asosiy vazifasi sifatida fuqarolar xavfsizligi, yurt tinchligi va barqarorligini ta’minlashni ko‘radilar. Platon esa bu qarashni yetarli deb hisoblamaydi. Uning fikricha, davlatning eng oliy maqsadi fuqarolarni ezgu hayot sari yo‘naltirishdir.
Biroq ezgu hayotning mohiyatini anglash har kimning ham qo‘lidan kelmaydi. Bu aqliy salohiyat, axloqiy ka…
🎄3
16 Jun 2026, 23:17 UTC29 viewsread 15 August 2026 #falsafa #klassik_davr #demokratiya #suqrot
Yunonistonning klassik davri miloddan avvalgi VI asr oxiri va V asr boshlarida shakllana boshladi. Bu davr ko‘plab buyuk mutafakkirlarni yetishtirib, adabiyot, me’morchilik, ilm-fan va, ayniqsa, falsafaning yuksalishiga guvoh bo‘ldi. Yunon sivilizatsiyasi keyinchalik G‘arb sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyotiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
Afinada xalq zolim hukmd…
16 Jun 2026, 22:45 UTC27 viewsread 15 August 2026 Ushbu sahifada mutolaa va ta’lim davomida hosil bo‘lgan mushohadalarimni qayd etib borurman. Maqsad — o‘rganganlarimni yozish orqali mustahkamlash va ahl-i fikr bilan birgalikda muhokama etmoqdir.
Agar so‘zlarimizda xato va nuqsonlar topilsa, kaminaning ilm da’vosida emas, ilm talabida ekanini nazarda tutib, nasihat va tuzatishlaringizni ayamasligingizni so‘rayman.
Meni ustozlarga havas qilgan bir shogird deb bilib…
16 Jun 2026, 22:39 UTC27 viewsread 15 August 2026 Bismillahir Rohmanir Rohiym. Alloh o’zing barakali va manfaatli qilgin.
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Showing the 12 most recent of 13 posts we hold for @themuroqaba. View and reaction counts are the latest single reading for each post, not a live figure, and a recent post is still accumulating both. A view count marked ≈ was rounded by Telegram before we ever saw it — t.me prints views in full below 1,000 and to three significant figures above, so ≈1,200,000 means somewhere between 1,150,000 and 1,249,999. Unmarked counts are exact. Text is reproduced from the public post preview and truncated for length.